Jahon | 01:04 / 07.09.2018
6925
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda bir abonentga rasmiylashtiriladigan sim-kartalar miqdori cheklandi

Foto: depositphotos

Turkmanistondagi «Altin Asir» mobil operatori bir kishiga rasmiylashtiriladigan sim-karta miqdorini ikkitagacha chekladi. Bu haqda «Xroniki Turkmenistana» xabar qilmoqda. 

Abonent nomida sim-karta bor-yo‘qligi pasport raqami orqali aniqlanadi.

«Altin Asir» vakillarining so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar Rossiyaning MTS kompaniyasi Turkmanistondagi faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatganidan so‘ng kuchga kirgan. Ilgari «Altin Asir» abonentlari o‘z nomlariga beshtagacha sim-karta rasmiylashtirishi mumkin edi. 

Avvalroq Tojikistonda 1 sentabrdan boshlab bitta sim-karta narxi 250 somoniyga (26 dollar) teng bo‘lishi haqida xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid