Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysunda neft daryoga oqib ketgani bo‘yicha 8,5 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
Ekopolitsiya Surxondaryodagi ekologik falokatga baho berdi: 1,2 tonna neft mahsuloti bo‘lgan suyuqlik soylarga oqib ketishi oqibatida tabiatga 8,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Neft – yog‘ingarchilik oqibatida Eriell qazigan xandaqlardan toshib chiqqan. Ekopolitsiya o‘rganish ishlarini yakunlaganidan keyin, ishni prokuraturaga oshiradi.
Foto: Ekologiya qo‘mitasi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida neft aralash suyuqlik daryoga qo‘shilib ketgani yuzasidan Ekopolitsiya tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Ekologiya qo‘mitasiga ko‘ra, voqealar rivoji quyidagicha:
- Boysun tumanida “Surkhan Gas Chemical Operating Company” MChJ qo‘shma korxonasiga qarashli quduqdan neft mahsulotlari bo‘lgan suyuqlik qaynab chiqqan (Energetika vazirligiga ko‘ra, bu 2025 yil dekabr oyi oxirlarida sodir bo‘lgan).
- Bu suyuqlik tabiiy suv havzasiga tushishining oldini olish maqsadida qo‘shma korxona tomonidan “Eriell Oilfield Services Middle East DMCC” korxonasining maxsus texnikalari yordamida 11 ta xandaq qazilib, joylashtirilgan.
- Ekopolitsiyaning aniqlashicha, 23 aprel kuni Boysun tumanidagi kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida 1,2 tonna neft mahsuloti bo‘lgan suyuqlik Xongaronsoyga oqib ketgan.
Holat yuzasidan kompensatsiya to‘lovlari hisoblanganda, 8,5 milliard so‘mdan ortiq summa chiqqan.
“Hozirda noxush holat bartaraf etilib, suv neft aralash suyuqlikdan tozalangan. Shuningdek, o‘rganish ishlari davom etmoqda va jarayon yakunlanganidan so‘ng to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilinadi”, – deyiladi Ekoqo‘m axborotida.
Mavzuga oid
18:48
Ekologik nazorat kuchayadi, noyob hududlar muhofazaga olinadi: yangi choralar belgilandi
18:33
Chiqindi poligonlari qisqaradi, qayta ishlash oshadi: yangi rejalar ma’lum qilindi
15:28 / 25.04.2026
Kompensatsiya talabi, havo iflosligi va eriyotgan muzliklar. MO yetakchilari eko-sammitda nimalarni gapirdi?
15:10 / 24.04.2026