O‘zbekiston | 14:30 / 12.02.2018
22663
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘ztransgaz»ning sobiq rahbari Tojikistonga elchi bo‘ladi

«O‘ztransgaz» kompaniyasining sobiq rahbari, sobiq bosh vazir o‘rinbosari Ergash Rahmatullayevich Shoismatov O‘zbekistonning Tojikistondagi yangi elchisi etib tayinlanadi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, bugun «O‘zbekenergo»da o‘tkazilgan yig‘ilishda Ergash Shoismatov o‘rniga Energetika xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashiga yangi rahbar tayinlangan.

Ergash Shoismatov (1951 yilda tavallud topgan, Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi) turli yillarda energetika va elektrlashtirish vaziri, «O‘zbekenergo» kompaniyasi raisi (2001−2006 yillar), bosh vazir o‘rinbosari (2006−2010 yillar) — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo‘yicha majmuasi rahbari bo‘lgan.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

U 2014 yil fevralidan energetika xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi raisi bo‘lib ishlagan, 2016 yil dekabrida «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisligiga tayinlangan. 2017 yil avgustida u boshqa ishga (Energetika xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi) o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Alisher Sayfullayevich Mustafoyev kompaniyaning yangi rahbari etib tayinlangandi.

Ergash Shoismatov Tojikistondagi missiyasini yakunlagan Shoqosim Shoislomov o‘rniga O‘zbekistonning yangi elchisi bo‘ladi.

Mavzuga oid