«Öztransgaz» kompaniyasining sobiq rahbari, sobiq boş vazir örinbosari Ergaş Rahmatullayeviç Şoismatov Özbekistonning Tojikistondagi yangi elçisi etib tayinlanadi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, bugun «Özbekenergo»da ötkazilgan yiğilişda Ergaş Şoismatov örniga Energetika xodimlari kasaba uyuşmalari Respublika kengaşiga yangi rahbar tayinlangan.
Ergaş Şoismatov (1951 yilda tavallud topgan, Toşkent politexnika instituti bitiruvçisi) turli yillarda energetika va elektrlaştiriş vaziri, «Özbekenergo» kompaniyasi raisi (2001−2006 yillar), boş vazir örinbosari (2006−2010 yillar) — Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari böyiça majmuasi rahbari bölgan.

U 2014 yil fevralidan energetika xodimlari kasaba uyuşmalari Respublika kengaşi raisi bölib işlagan, 2016 yil dekabrida «Öztransgaz» kompaniyasi boşqaruvi raisligiga tayinlangan. 2017 yil avgustida u boşqa işga (Energetika xodimlari kasaba uyuşmalari Respublika kengaşi) ötişi munosabati bilan uning örniga Alişer Sayfullayeviç Mustafoyev kompaniyaning yangi rahbari etib tayinlangandi.
Ergaş Şoismatov Tojikistondagi missiyasini yakunlagan Şoqosim Şoislomov örniga Özbekistonning yangi elçisi böladi.







