Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazolangan chiptasiz yo‘lovchilar, ko‘chada “ismli davlat raqami” va kambag‘al oilalarga bepul dori – mahalliy dayjest
1 oktyabrdan moped va skuter haydovchilari uchun guvohnomalar majburiy bo‘ladi. Kambag‘al oilalarga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi beriladi. Shov-shuvli «Guangzhou» klinikasida ishlagan xitoylik ota-o‘g‘il jarimaga tortildi. Toshkentda 6 mingdan ortiq yo‘lovchi avtobusda chiptasiz harakatlangani uchun jazolandi. Sirdaryoda ism yozilgan davlat belgisini mashinasiga taqib olgan haydovchiga chora ko‘rildi. Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
1 oktyabrdan moped va skuter haydovchilari uchun guvohnomalar majburiy bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan amaldagi Yo‘l harakati qoidalariga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, elektromototsikl, moped va skuter uchun alohida farqlovchi davlat raqam belgisi joriy etildi.
Moped yoki skuterni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish YHXX hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Moped va skuterni guvohnomasiz boshqarganlar jarimaga tortiladi.
Kambag‘al oilalarga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi beriladi
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev «Kambag‘allikdan farovonlik sari» xalqaro forumida bayon qildi. Qayd qilinishicha, inson salomatligini muhofaza qilmay turib, uning imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarib bo‘lmaydi.
Shuning uchun kafolatlangan tibbiy xizmatlar ko‘paytirilib, kambag‘al oilalarning bunga sarf qiladigan xarajati 2 karra qisqartiriladi. Bunda ularga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi taqdim etiladi.
Shov-shuvli «Guangzhou» klinikasida ishlagan xitoylik ota-o‘g‘il jarimaga tortildi
3,5 yil oldin jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan «Guangzhou» klinikasida shifokor bo‘lib ishlagan Xe Kiang va uning o‘g‘li Xe Fengga sud hukmi o‘qildi. Sud 100 nafar fuqaroni chuv tushirgan ota-o‘g‘ilni «garchi og‘ir jinoyatlarni sodir etgan bo‘lsa-da, kimyoviy emas, giyohlardan tayyorlangan dorilarni o‘tkazganini inobatga olib, jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatish mumkin» degan qat’iy xulosaga kelgan. Sud hukmi bilan ota va o‘g‘ilga jarima jazosi tayinlandi.
Jinoyat ishining boshqa qismi alohida ish yurituviga olingan. Bu bo‘yicha gumonlanuvchilarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Toshkentda 6 mingdan ortiq yo‘lovchi avtobusda chiptasiz harakatlangani uchun jazolandi
Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi tomonidan poytaxt avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xabarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 6182 nafar qoidabuzarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan va bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi (41 ming 200 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.
Sirdaryoda ism yozilgan davlat belgisini mashinasiga taqib olgan haydovchiga chora ko‘rildi
Haydovchi yuk mashinasiga davlat raqam belgisi o‘rniga 20 FARRUX belgisini taqib harakatlangan. Qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, transport vositasi esa vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Qonunchilikka ko‘ra, oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan «noyob» davlat raqami belgilarini kimoshdi elektron savdolari orqali sotish
2026 yil 1 yanvardan boshlanadi. Bunda «noyob» davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi kerak.
Mavzuga oid
21:41 / 24.12.2025
Yo‘llardagi yuzlab kameralarning internetda ochiq qoldirilishi va o‘zbek so‘mida sigareta tutatgan xorijliklar – mahalliy dayjest
21:57 / 23.12.2025
Yirik supermarketlarga ogohlantirish va sudi boshlanayotgan «Credit House» – mahalliy dayjest
23:40 / 22.12.2025
Budjet hisobidan yangi yil bazmiga taqiq va Andijonda qulagan bozor rastasi – mahalliy dayjest
14:32 / 20.12.2025