Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev prezident Imomali Rahmon hamrohligida Tojikistonning Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi. Shaharga kiraverishda minglab aholi jam bo‘lib, davlat rahbarini katta xursandchilik, tantana bilan kutib oldi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidentining qo‘shni davlatlar bilan ochiqlik, bag‘rikenglik siyosati hamma tojikistonliklar qatori Tursunzoda aholisiga ham katta quvonch bag‘ishlagan.
Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan Davlat chegarasi bo‘yicha shartnoma hamda Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risida bitim xalqlarimiz hayotida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Chegaradan o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklangani, aholining bordi-keldisi uchun o‘ttiz kungacha vizasiz tartib joriy etilgani, avtotransport va samolyotlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani odamlarga keng qulayliklar yaratmoqda.
Prezidentimiz “O‘zi davlat nima uchun kerak? Odamlarga sharoit yaratish, xalqqa xizmat qilish uchun kerak” deya ko‘p ta'kidlaydi. Bugun davlatimizning ichki va tashqi siyosati, jumladan, qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlaridagi o‘zgarishlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda, deyiladi xabarda.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dushanbeda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochilgandi.
Mavzuga oid
20:15
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi
18:01
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari 10 ta qo‘shma loyihani ishga tushirdi
17:55
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi
13:14