Prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Imomali Rahmon Duşanbe şahrida taşkil etilgan Nizomiddin Alişer Navoiy nomidagi istirohat boğiga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur park Tojikiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 martdagi farmoyişiga muvofiq taşkil etilgan. Farmoyişda tojik va özbek xalqlarining döstligi ramzi sifatida boğ markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alişer Navoiy haykali örnatilişi belgilangan. Haykal loyihasini yaratiş böyiça tanlov ötkazilgan.  

Davlat rahbarining taşrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir şoirlar haykali örnatildi. 27 sentabr kuni bu yerga davlat va hukumat vakillari, adiblar, yoşlar jam böldi. 

Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon mazkur istirohat boği va haykalni tantanali ravişda oçdi. Alişer Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qöydi.

Tojikistonda şunday boğ va yodgorlik majmuasi oçilişini bu borada Özbekistonda qilinayotgan işlarning mantiqiy davomi deyiş mumkin. Ma'lumki, joriy yil 7 mart kuni Samarqand şahrining Alişer Navoiy nomidagi markaziy istirohat boğida Navoiy va Jomiy haykali örnatilgan edi. Yana bir e'tiborli jihati, bu park yonidagi köça ham Abdurahmon Jomiy nomi bilan atalgan, Navoiy boği boşqa bir fors-tojik şoiri Abu Abdullo Rudakiy maydoni bilan tutaşib ketgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon özaro muloqot qilgandi.