Toshkentga “garmoshka” avtobuslar mart-aprel oylari davomida olib kelinadi
Xitoyning 200 dona “King Long” rusumli avtobusi bahorning dastlabki 2 oyi davomida olib kelinishi ma’lum qilindi. Hozirda transportning birinchi partiyasini ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan.
Transport vazirligining xabar berishicha, Xitoyning “Xiamen King Long United Automotive Industry Co. Ltd” kompaniyasining tabiiy gazda ishlaydigan 18 metrli avtobuslarni ishlab chiqarishi davom etmoqda.
Hozircha jarayonning birinchi bosqichi nihoyasiga yetgan, bu avtobuslar mart-aprel oylari davomida O‘zbekistonga yetkazib berilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning “Yutong Bus Co Ltd” kompaniyasining 12 metrli 500 dona avtobusi va 12 metrli 300 dona elektrobusi ham mart-aprel oylarida yetkazib berilishi, martning oxirigacha shuning 160 tasi olib kelinishi e’lon qilingandi.
Undan oldin “Toshshahartransxizmat” AJ Marketing loyihalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi xodimi Ikrom Shodiyev esa Kun.uz muxbiriga aprelgacha Toshkentga Xitoydan mingta yangi avtobus olib kelinishini, shuning 700 tasi gazda, 300 tasi elektrda yurishini aytgandi.
Ma’lumot uchun, prezidentning “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilinishi belgilangan.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024