“Toşşahartransxizmat” AJ Marketing loyihalar va taşqi iqtisodiy aloqalar bölimi xodimi Ikrom Şodiyev aprelga qadar şaharga olib kelinişi kutilayotgan ming dona yangi avtobus haqida Kun.uz muxbiriga ma’lumot berdi.
Uning aytişiça, hozirda bu borada Xitoy kompaniyalari bilan şartnomalar tuzilib, kelişuvlarga erişilgan.
— Şahar havosiga jamoat transportidan çiqadigan zararli moddalar miqdorini kamaytiriş maqsadida, jamoat transportini yangilaş dasturi asosida şu yil birinçi çoragi davomida ming dona yangi, zamonaviy avtobus xarid qilinişi belgilangan. Mana şu ming dona avtobuslardan 700 tasi siqilgan tabiiy gazda, 300 tasi esa töliq elektrda yuradi (elektrobus). Bu avtobuslar keltirilib, yönalişlarga çiqarilganida şahar havosiga jamoat transportidan çiqadigan zararli moddalarning miqdori bir neça barobar kamayişi uçun imkoniyat yaratiladi. Yangi avtobus yönalişlari ham oçiladi.
Mingta avtobusning 200 tasi 18 metrli uzunlikda böladi, ular yölovçi oqimi katta bölgan yönalişlarga qöyiladi.
Avtobuslarni xarid qiliş böyiça örnatilgan tartibda şartnomalar ham imzolangan. Xitoyning “King Long” va “Yutong” degan kompaniyalari bilan şartnomalar tuzilgan. Bular asosida fevralning oxiridan boşlab avtobuslar kelişi rejalaştirilgan.
Ilgari yiliga 100-200 ta avtobus olib kelinardi, 1 yilning özida ming dona kelişi katta miqdor hisoblanadi. Bu transportlar şahar aholisiga xizmat körsatiş sifatini oşirişga, yangi yönalişlar oçişga katta yordam beradi.
— Şartnoma qiymatini oçiqlay olasizmi?
— Tijoriy sir bölgani uçun, uzr, buni aniqlaşning iloji yöq. Lekin bir narsani aytib ötaman, şartnomalarni tuziş uçun transport vaziri boşçiligida işçi guruh, ya’ni maxsus xarid komissiyasi tuzilgan. Bu işçi guruh XXRga borgan holda işlab çiqaruvçi 8 ta zavodning hammasiga kirgan, salohiyati va imkoniyatini örganib çiqqan, ularning qançalik sifatliligini aniqlaş maqsadida öşa joyning özida işlatib ham körgan. Xarid qilinayotgan avtobuslar böyiça boşqalarning fikri ham örganilgan. Örganişlar natijasida mana şu “Yutong” va “King Long” degan kompaniyalardan avtobus xarid qilişga kelişilgan.

Bir narsani ham aytiş joizki, avtobuslar juda katta çegirma bilan sotib olinmoqda. Mingta avtobus uçun tuzilgan 3 ta şartnomadan taşqari, Xitoydagi öşa zavodlar şu qiymatning içida beğaraz tarzda 2 ta 18 metrli, 2 ta 12 metrli elektrobus beryapti; bundan taşqari, Toşkent şahrida töliq jihozlangan servis stansiyalari taşkil etiş va avtobuslarni avtomat yuviş uskunalari ham beğaraz beriladi, ya’ni şartnoma qiymatining içida. Qolaversa, şartnoma qiymatining 1 foizi miqdorida (bir neça million dollar töğrisida gap ketyapti), ehtiyot qismlarini berişi ham kelişilgan.0

















