Transport vazirligining xabar berişiça, Xitoyning “Xiamen King Long United Automotive Industry Co. Ltd” kompaniyasining tabiiy gazda işlaydigan 18 metrli avtobuslarni işlab çiqarişi davom etmoqda.

Hozirça jarayonning birinçi bosqiçi nihoyasiga yetgan, bu avtobuslar mart-aprel oylari davomida Özbekistonga yetkazib berilişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning “Yutong Bus Co Ltd” kompaniyasining 12 metrli 500 dona avtobusi va 12 metrli 300 dona elektrobusi ham mart-aprel oylarida yetkazib berilişi, martning oxirigaça şuning 160 tasi olib kelinişi e’lon qilingandi.

Undan oldin “Toşşahartransxizmat” AJ Marketing loyihalar va taşqi iqtisodiy aloqalar bölimi xodimi Ikrom Şodiyev esa Kun.uz muxbiriga aprelgaça Toşkentga Xitoydan mingta yangi avtobus olib kelinişini, şuning 700 tasi gazda, 300 tasi elektrda yurişini aytgandi.

Ma’lumot uçun, prezidentning “Jamoat transporti tizimini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida Toşkent şahri jamoat transporti uçun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda işlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilinişi belgilangan.