Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«25 yil bozor iqtisodiyotida yopiq eshiklar siyosati olib borildi». Mamarizo Nurmuratov to‘siq va cheklovlar haqida gapirdi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Tadbirda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning aytishicha, O‘zbekiston ichki bozorida avvalgi yillarda kuchli investitsion chanqoqlik yuzaga kelgan.
“O‘tgan 25 yil davomida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotida yopiq eshiklar siyosati olib borildi. Buning natijasida xususiy biznes va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda to‘siqlarni keltirib chiqargan. Aholida moliyaviy resurslardan foydalanishda cheklovlar bor edi. Natijada ichki bozorda kuchli investitsion chanqoqlik yuzaga kelgan”, - dedi Markaziy bank raisi.
Shuningdek, anjumanda ma'lum qilinishicha, o‘tgan yili aholidan 3,5 mlrd valuta mablag‘lari sotib olindi.
Bundan oldin, Mamarizo Nurmuratov valuta kurslari endi bozorda mustaqil shakllanishini aytgandi.
Mavzuga oid
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
11:11 / 29.01.2026
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasining narxi 10,8 million so‘mdan oshdi
21:51 / 28.01.2026