Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati böyiça matbuot anjumani bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Tadbirda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning aytişiça, Özbekiston içki bozorida avvalgi yillarda kuçli investitsion çanqoqlik yuzaga kelgan.
“Ötgan 25 yil davomida Özbekistonda bozor iqtisodiyotida yopiq eşiklar siyosati olib borildi. Buning natijasida xususiy biznes va tadbirkorlikni yölga qöyişda tösiqlarni keltirib çiqargan. Aholida moliyaviy resurslardan foydalanişda çeklovlar bor edi. Natijada içki bozorda kuçli investitsion çanqoqlik yuzaga kelgan”, - dedi Markaziy bank raisi.
Şuningdek, anjumanda ma'lum qilinişiça, ötgan yili aholidan 3,5 mlrd valuta mablağlari sotib olindi.
Bundan oldin, Mamarizo Nurmuratov valuta kurslari endi bozorda mustaqil şakllanişini aytgandi.

















