Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi
Hodisa “Kamaz” avtomobilidan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida sodir bo‘lgan. Portlashdan so‘ng kelib chiqqan yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirilgan.
Qarshi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat bugun soat 15:45 da Qarshi tumani Dasht mahallasi hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Qarshi” avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida kuzatilgan. “Kamaz-512” avtomobildan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:56 da hodisa joyiga yetib borgan hamda yong‘in soat 16:00 da o‘rab olinib, soat 16:45 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida shoxobcha binosining 22 metr kvadrat maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 06.12.2025
Kogonda sexda chaqnash ro‘y berdi, 4 kishi halok bo‘ldi
09:50 / 05.12.2025
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
21:40 / 03.12.2025