O‘zbekiston | 12:31 / 26.10.2021
3547
1 daqiqa o‘qiladi
Andijonda "Nexia" va "Damas" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida "Nexia" va "Damas" ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, 25 oktyabr kuni soat 11:30 larda haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan O.B. boshqaruvidagi "Nexia" hamda haydovchi 1978 yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobillar to‘qnashib ketgan.
Natijada "Damas" rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1964 yilda tug‘ilgan G.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:54 / 26.11.2024
Davlat budjetining 9 oylik ijrosi. Defitsit – 36 trln so‘m
15:56 / 25.11.2024
Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi
07:40 / 25.11.2024
Ikki tumanda 966 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
22:05 / 23.11.2024