Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Askarlarga ovqat qilayotgan artistlar va yerto‘ladagi bayram. Ukrainada urushning 26-kuni suratlari
Urushning yigirma oltinchi kuni o‘tdi. Rossiya armiyasi Kiyevni o‘qqa tutishda davom etdi - 21 mart kuni poytaxtning Podolskiy rayonidagi savdo markaziga zarba berildi. RF mudofaa vazirligi u ishlamayotgani va u yerda o‘q-dorilar yashirilgani haqida ma’lum qilgan. Ukraina bosh prokurori ma’lumotiga ko‘ra, savdo markaziga hujum oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Xarkovda rossiyaliklar tomonidan berilgan zarba oqibatida 96 yoshli Boris Romanchenko qurbon bo‘ldi, u nemislarning to‘rtta konslageridan omon chiqqandi.
Ukrainadagi urushning 26-kunida ro‘y bergan asosiy voqealar:
- Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining 21 mart kungi muzokaralari bir yarim soat vaqt davom etdi, shundan keyin muzokaralar ishchi guruhlar darajasida olib borildi.
- Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda erishilgan kompromisslar, xususan Ukraina uchun xavfsizlik kafolati yoki Kiyev nazoratida bo‘lmagan Donbassdagi hududlar va Qrimning maqomi Butunukraina referendumiga qo‘yilishi kerakligini aytdi.
- Kiyevda raketa zarbasi oqibatida «Retrovil» savdo markazi va atrofdagi bir necha aholi turar joy binolari vayron bo‘lgan. Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, kamida 8 kishi halok bo‘lgan.
- Xersonni egallab turgan Rossiya qo‘shini shahar bosib olinishiga qarshi mitingga chiqqan mahalliy aholi vakillarini o‘qqa tutgan, bir necha kishi yaralangan.
- Ukraina hukumati Rossiya mudofaa vazirligining Mariupol shahrini topshirish bo‘yicha ultimatumini rad etdi.
- Odessadagilar Qora dengizda turgan Rossiya harbiy kemalari birinchi marta shahar atrofidagi aholi turarjoy kvartallarini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi.
- Ukraina shimoli-g‘arbidagi Rovensk oblastida bir kunda ikki bor raketa zarbalari berildi.
- Moskvada Tver sudi Meta kompaniyasi faoliyatini ekstremistik deb tan oldi va uning Rossiyadagi faoliyatini taqiqladi. Meta yirik ijtimoiy tarmoq va messenjerlar - Facebook, Instagram va WhatsApp’ga egalik qiladi, ularning uchinchisiga hozircha Rossiya hukumatida e’tiroz yo‘q.
- Urush boshlanganidan buyon Ukrainada 117 bola halok bo‘lgan. Mamlakat bosh prokurorining ma’lumotiga ko‘ra, yana 160 nafarga yaqin bola yaralangan.
- Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati raisi Roman Primushning ma’lumot berishicha, urush boshidan buyon 651 ta aholi turarjoy binosi butunlay vayron qilingan, 3780 turarjoy binosi qisman shikastlangan.
- BBC rus xizmati ochiq manbalarga asoslangan holda Ukrainada halok bo‘lgan 557 nafar rossiyalik harbiylar haqida ma’lumot berdi. Ular orasida 1 nafar general, 8 nafar polkovnik, 9 nafar podpolkovnik, 20 nafar mayor, 71 nafar kichik ofitser borligi ma’lum bo‘lgan. Jurnalistlar OAVda e’lon qilingan, ammo ismlari keltirilmagan harbiylarni, yollanma jangarilarni hamda DXR/LXR ayirmachilarini ushbu ro‘yxatga qo‘shmagan. Faqatgina Rossiya harbiy kontingenti shaxsiy tarkibi ma’lumotlari keltirilgan. Urush boshlangandan beri Rossiya bir marta - 2 mart kuni (urushning 6-kuni) yo‘qotishlari soni 498 nafarligini tan olgandi.
Quyida urushning navbatdagi kunida olingan asosiy suratlar.
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Diego Herrera / Xinhua / Chine Nouvelle / SIPA / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mixail Tereshchenko / Scanpix / LETA
Sedat Suna / EPA / Scanpix / LETA
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
19:03
Azov dengizida g‘alla ortilgan yuk kemasi halokatga uchradi
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
21:20 / 03.04.2026