Rossiya–Qozog‘iston chegarasida 2 mingdan ortiq o‘zbekistonlik to‘plandi. Elchixona va konsulxona rahbarlari yetib borgan
Rossiyada bo‘lib turgan va vatanga qaytish istagidagi o‘zbekistonliklar Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga to‘planishda davom etmoqda.
Tashqi ishlar vazirligidan ma'lum qilishlaricha, chegaradagi «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yaqiniga va Orenburg viloyati Buzuluk shahriga to‘plangan vatandoshlar soni mos ravishda 1300 va 700dan ortiqni tashkil etadi.
«O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Moskvadagi elchixonasi tomonidan fuqarolarning «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punktiga borishga urinmasliklari, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlari va barcha karantin choralariga qat'iy rioya etishlari to‘g‘risida berilgan ko‘p sonli ogohlantirishlarga qaramay, Qozog‘iston hududi orqali avtotransport vositalarida vatanga qaytish maqsadida fuqarolar Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi yaqinida to‘planishni davom ettirmoqdalar.
Mintaqada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatning keskin yomonlashishi, Qozog‘istonda qat'iy karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan fuqarolarning qo‘shni davlatlar hududi orqali qaytishi tashkiliy va boshqa qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda, ayniqsa fuqarolarning sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Ushbu holatni yurtdoshlarimizga tushuntirish maqsadida, mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi va Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi rahbarlari fuqarolar to‘plangan joyga kelishdi.
Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan cheklov choralariga to‘g‘ri baho berishlarini, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va o‘zlarining va atrofdagilarning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymasliklarini yana bir bor so‘raymiz», – deyiladi TIV operativ shtabi axborotida.
Rasmiy xabarda Rossiyadagi vatandoshlar charter reyslar bilan vatanga qaytarilishi, bu masala esa Maxsus komissiya vakolatida ekani eslatib o‘tilgan.
Avvalroq O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya–Qozog‘iston chegarasidan o‘tkazib qo‘yishni va'da qilayotgan shaxslarga ishonmaslikni so‘ragan edi.
Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiya xalqaro aviaqatnovlarni xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartirishga qaror qilgan.
Bugun Transport vazirligi charter reyslar bekor qilingani haqidagi mish-mishlarni rad etib, parvozlar jadvali qisqartirilganini ma'lum qildi.
O‘zbekistonliklarning Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga to‘planishi may oyida ham kuzatilgan, o‘shanda O‘zbekiston hukumati Rossiya va Qozog‘iston vakolatli organlari bilan kelishgan holda, 1100 nafar fuqaroni avtobusda mamlakat hududiga olib kelgandi. O‘shanda rasmiylar mazkur amaliyot istisno tariqasida faqat bir martagina amalga oshirilayotganini ta'kidlashgan.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024