Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Charter reyslari bekor qilingani yo‘q, faqatgina parvozlar jadvali qisqartirildi – Transport vazirligi
Transport vazirligining ma'lum qilishicha, charter reyslar bekor qilingani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlarni rad etdi. Qayd etilishicha, faqatgina oxirgi marta e'lon qilingan ikki haftalik parvozlar jadvali qisqartirilgan.
«Amalga oshirilayotgan charter reyslari bajarilishi muntazamligini ta'minlash, ushbu jarayonda uchuvchilar va bort kuzatuvchilarining xavfsizligini ta'minlash, ekipaj a'zolarini har bir reysdan so‘ng kuchaytirilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda navbatdagi reysga qadar o‘z-o‘zini izolyatsiyalash, shuningdek, xorijiy davlatlar tomonidan parvozlarni amalga oshirishga qo‘yilayotgan vaqtinchalik cheklov choralaridan kelib chiqqan holda so‘nggi ikki haftaga rejalashtirilgan charter reyslari jadvali Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qayta ko‘rib chiqildi», deyiladi vazirlikning rasmiy xabarida.
Qayd etilishicha, 6–19-iyul kunlariga belgilangan parvozlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
6 iyul. Seul – Toshkent – Seul (Asiana airlines)
6 iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)
7 iyul. Toshkent – Istanbul – Toshkent (Uzbekistan Airways)
8 iyul. Toshkent – Seul – Toshkent (Uzbekistan Airways)
8 iyul. Minsk – Toshkent – Minsk (Belavia)
10 iyul. Seul – Toshkent – Seul (Korean airlines)
12 iyul. Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg (Rossia)
13 iyul. Seul – Toshkent – Seul (Asiana airlines)
13 iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)
15 iyul. Moskva – Toshkent – Moskva (Ural airlines)
16 iyul. Istanbul – Toshkent – Istanbul (Turkish airlines)
16–17-iyul. Toshkent – Nyu-York – Toshkent (Uzbekistan Airways)
19 iyul. Toshkent – Vladivostok – Toshkent (Uzbekistan Airways)
Transport vazirligining ma'lum qilishicha, epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan xorijiy davlatlardagi mamlakatimiz fuqarolarini O‘zbekistonga olib kelish maqsadida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda reyslar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid
12:14 / 23.06.2025
Iordaniyadan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda
19:29 / 29.04.2025
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi
08:45 / 14.06.2021
O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasida charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi kutilyapti
11:58 / 24.02.2021