Nukus voqealarida ayblanayotgan yana 39 kishi ustidan sud 6 fevralda boshlanadi
Ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchilar ommaviy tartibsizlik, jamoat xavfsizligiga tahdid solish, qasddan jarohatlash, talonchilik, o‘qotar qurollarni noqonuniy egallash kabi moddalar bilan ayblanyapti.
2023 yil 6 fevral kuni Buxoro viloyati sudi binosida Nukusdagi ommaviy tartibsizliklarda ayblangan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.
Jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar A.Mirzambetov, D.Nadirbayev, P.Yesengeldiyev, K.Yeshjanov, M.Pirlepesov, A.Sariyev, N.Bauyetdinov, A.Sharapov, O.Mamutov, R.Dosimbetov, A.Allanazarov, N.Duysenbayev, K.Bekpolatov, R.Baimbetov, Q.Baxiyev, I.Saparov, A.Omirzakov, N.Baylepesov, A.Jumabekov, N.Xabipov, Z.Pirjanov, Z.Tadjimuratov, O.Dosnazarov, T.Ismailov, I.Polatov, Sh.Ashirbekov, D.Ramanov, R.Sultaniyazov, A.Xojanazarov, Ye.Qanaatov, O.Kurbanov, R.Jumabayev, A.Naurizbayev, N.Genjyebayev, I.Aitmuratov, A.Yesemuratov, K.Begaliyev, M.Raxmanov, A.Seytmuratov Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 166-moddasi (Talonchilik), 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar), 244-1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 247-moddasida (O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Barcha sudlanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Sud jarayoni ochiq tarzda o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini video-konferens-aloqa vositasida to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatishga mo‘ljallangan hamda texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan.
Avvalroq, Buxoro viloyati sudida Nukusdagi ommaviy tartibsizliklarda ayblangan 22 nafar sudlanuvchiga hukm o‘qilgan edi.
Mavzuga oid
17:03 / 16.11.2024
Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi
10:30 / 10.11.2024
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
18:32 / 28.10.2024
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:17 / 25.10.2024