2023 yil 6 fevral kuni Buxoro viloyati sudi binosida Nukusdagi ommaviy tartibsizliklarda ayblangan 39 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni boşlanadi.

Jinoyat işi Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinçi instansiya sudida körib çiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga köra sudlanuvçilar A.Mirzambetov, D.Nadirbayev, P.Yesengeldiyev, K.Yeşjanov, M.Pirlepesov, A.Sariyev, N.Bauyetdinov, A.Şarapov, O.Mamutov, R.Dosimbetov, A.Allanazarov, N.Duysenbayev, K.Bekpolatov, R.Baimbetov, Q.Baxiyev, I.Saparov, A.Omirzakov, N.Baylepesov, A.Jumabekov, N.Xabipov, Z.Pirjanov, Z.Tadjimuratov, O.Dosnazarov, T.Ismailov, I.Polatov, Ş.Aşirbekov, D.Ramanov, R.Sultaniyazov, A.Xojanazarov, Ye.Qanaatov, O.Kurbanov, R.Jumabayev, A.Naurizbayev, N.Genjyebayev, I.Aitmuratov, A.Yesemuratov, K.Begaliyev, M.Raxmanov, A.Seytmuratov Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş), 166-moddasi (Talonçilik), 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar), 244-1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) va 247-moddasida (Öqotar qurolni, öq-dorilarni, öqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovçi moddalarni, portlatiş vositalarini yoki portlatiş qurilmalarini qonunga xilof ravişda egallaş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

Barça sudlanuvçilarga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Sud jarayoni oçiq tarzda ötkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uçun sud majlislarini video-konferens-aloqa vositasida töğridan töğri kuzatişga möljallangan hamda texnik şaroitlar yaratilgan matbuot zali taşkil etilgan.

Avvalroq, Buxoro viloyati sudida Nukusdagi ommaviy tartibsizliklarda ayblangan 22 nafar sudlanuvçiga hukm öqilgan edi.