Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Shuningdek, Sodiq Safoyev Senat raisining birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev Senat raisi o‘rinbosari lavozimlarini saqlab qoldi.

Foto: Senat matbuot xizmati
Oliy Majlis Senatining yangi chaqiriqdagi ilk majlisida Senat raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, prezident Shavkat Mirziyoyev Senat raisi lavozimiga senator Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi.
Tanzila Norboyeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli yaxshilangani ta’kidlandi.
Shuningdek, Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.
Ko‘rsatilgan nomzodlar senatorlar tomonidan saylandi. Shavkat Mirziyoyev ularni tabriklab, kelgusi faoliyatiga yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uchun, Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Senatining ilk ayol raisi hisoblanadi. U 2019 yil 21 iyunda bu lavozimni egallagan va 2020 yil yanvar oyida qayta saylangan edi.
Sodiq Safoyev Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2016 yil dekabrdan buyon ishlab kelmoqda. Amanbay Orinbayev 2022 yil avgust oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimida ishlay boshlagan, o‘sha yil sentabrda Senat a’zosi, bir necha kun o‘tib Senat raisining o‘rinbosari etib saylangan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

13:00 / 30.04.2025
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash haqidagi qonunni ma’qulladi

13:39 / 29.04.2025