Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metrobus yo‘laklari va birjada sement hajmining qisqarishi – mahalliy dayjest
Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.
Prezident metrobus yo‘laklarini ko‘paytirishni buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri yo‘llarida BRT (Bus Rapid Transit) tizimi bo‘yicha yo‘llar o‘rtasida avtobus (metrobus) uchun alohida ajratilgan yo‘laklar ko‘paytirilsa, odamlar ish kunlari shaxsiy avtomobildan foydalanishdan voz kechishini ta’kidladi.
«Agar mana shunday yo‘llar qilsak, bu avtobuslarni qo‘ysak, odamlar faqat shanba, bozor kunlari o‘zining mashinasida yuradi. [BRT] arzon, xavfsiz, tez. Nima keragi bor mashinasi? Mashinasida shanba va yakshanba kunlari farzandlarini dam olishga olib boradi», dedi davlat rahbari Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan yangi tizim bilan tanishish chog‘ida.
Prezident Shota Rustaveli ko‘chasidagi tizim boshqa ko‘chalarga ham namuna bo‘lishini ma’lum qildi.
Tirbandlikni kamaytirish uchun Toshkent chekkasida yuk mashinalari uchun to‘xtash joylari quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahri va unga tutash hududlarga keladigan yuk avtomobillari uchun avtovokzallar va to‘xtash joylari qurish loyihasi taqdim etildi.
Ular yo‘l-patrul xizmatining «Erkin», «Sharq», «Bektemir», «Uch qahramon» va «Turbanov» nomli beshta nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida joylashadi. Bu yerda haydovchilar uchun kemping va dam olish zonalari ham ko‘zda tutilgan.
Taqdimotga ko‘ra, ba’zi obektlar uchun 7,7 gektar, 4,25 gektar va 8 gektarlik yer maydonlari ajratiladi. Eng gavjum post Sergeli tumanidagi «Erkin» posti hisoblanadi, u orqali kuniga 40–50 ming avtomobil kirib-chiqadi.
Tsementni birja orqali majburiy sotish hajmi qisqartirildi, bu narxlarni oshirishi mumkin
Korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sementning kamida 50 foizini birjaga chiqarish talabi 25 foizga pasaytirildi. Bu yilning talab yuqori bo‘lgan paytlarida narxlarni yanada qimmat qilishi mumkin. O‘tgan yil narxlarni tushirish bahonasida sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasi 4 barobarga kamaytirilgandi, bu amalda o‘z samarasini bermadi. Xususan, yil boshidan beri sementning birja narxlari 30 foizga qimmatladi.
Pensionerlar soni 4,2 milliondan oshdi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda pensiya oluvchilarning umumiy soni 4 mln 241 ming nafarni tashkil etdi.
Shulardan 3 mln 514 ming nafar fuqaro yoshga doir pensiya, 482 ming nafari nogironlik pensiyasi, 246 ming nafari esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olmoqda.
9 oyda 27 mingdan ortiq nikoh bekor qilindi
2025 yilning o‘tgan 9 oyi davomida sudlarga nikohdan ajratish bo‘yicha 52 mingdan ortiq ariza berilgan, 27 mingdan ortiq nikoh bekor qilingan. Bu kuniga kamida 100 ta ajralish ekanini anglatadi.
Nikohdan ajratishga oid ko‘rib tamomlangan ishlarning 27 578 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 18 430 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 4 658 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 1 841 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Mavzuga oid
14:32 / 20.12.2025
G‘azodagi boshpanaga hujum qilgan Isroil, Rossiya tankerini safdan chiqargan Ukraina va IShID obektlariga zarba bergan AQSh – kun dayjesti
20:59 / 19.12.2025
2026 yilgi soliq stavkalari va hududlarda elektr ta’minotidagi uzilishlar – mahalliy dayjest
21:52 / 17.12.2025
Toshkentda yangi «siti»lar va XCM moliyaviy piramidasining qulashi – mahalliy dayjest
21:26 / 16.12.2025