Konstruktiv muxolifat faoliyati kafolatlanadi - Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda demokratiya va ochiqlik siyosati izchil davom ettirilib, konstruktiv muxolifat faoliyati, so‘z va matbuot erkinligi, axborot olishga doir huquqlar kafolatlanishini bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
14 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali qasamyod qilib, o‘z lavozimiga kirishdi. Shundan so‘ng, qo‘shma majlisda davlat rahbari nutq so‘zladi.
«Saylovoldi uchrashuvlarida milliy o‘zligimiz va ezgu qadriyatlarimizni asrab-avaylash, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha belgilab olgan vazifalarni sizlar bilan, keng jamoatchilik bilan birgalikda amalga oshiramiz.
O‘zbekistonda barcha siyosiy huquqlar qatorida vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlari so‘zsiz ta’minlanadi. Biz demokratiya va ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, konstruktiv muxolifat faoliyatini, so‘z va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlaymiz.
O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi o‘lkasi yoki mintaqasida bo‘lmasin, qonunlarimiz himoyasida bo‘ladi. Chet eldagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni yanada mustahkamlaymiz», — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
- 2019 yil yakunida ham Shavkat Mirziyoyev mamlakat ichida siyosiy muxolifat paydo bo‘lishi, xalqning barcha muammolarini bilishi uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidlagandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025
Mavzuga oid

20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi

10:41 / 05.03.2025
Korrupsiya muammosini jamoatchilikka olib chiqishda OAVning o‘rni ortmoqda - prezident

21:07 / 23.02.2025
“Tanqidlar og‘rig‘ini ichga yutaverib, xastalik orttirdim” – jurnalist Nozima Vohidova bilan suhbat

13:47 / 27.01.2025