27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning yangi binosida yoşlar bilan uçraşgan prezident Şavkat Mirziyoyev siyosiy muxolifat borasida fikr bildirib ötdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davlat rahbari oppozitsiyaga qarşi emasligi, ammo u çetdan kirib kelişini yoqlamasligini bildirgan.
«Internetda muxolifat haqida gap ketyapti. Menga ham «Oppozitsiya yöq», deb aytişadi. Oppozitsiya nima u? U qanday foyda beradi?
U şu yerda bölişi kerak. Qanday qilib çetdan keladi? Bu yerning şart-şaroiti, muhitini bilmaydi.
Albatta, men prezident sifatida muxolifatga qarşi emasman. Lekin u özimizda şakllanişi kerak, buning uçun şu yerda muhit yaratilişi kerak. Toki u odamlarning muammolarini bilsin, şu yerda non yeb, şu yerda suv içgan bölsin», – dedi prezident.
Prezident xorijdan keladigan muxolifatga qarşiligini ta'kidlagan.
Eslatib ötamiz, parlament saylovlari arafasida Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev muxolifat «jamiyatning palagidan, asta-sekin ösib kelişi kerakligi» haqida fikr bildirgan, şu bilan birga tabiiy yetişib çiqqan muxolifatga qarşilik qilmaslik kerakligini aytgan edi.












