14 iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisida Özbekiston Respublikasi saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev tantanali qasamyod qilib, öz lavozimiga kirişdi. Şundan söng, qöşma majlisda davlat rahbari nutq sözladi.
«Saylovoldi uçraşuvlarida milliy özligimiz va ezgu qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat sohalarini rivojlantiriş, yoş avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş böyiça belgilab olgan vazifalarni sizlar bilan, keng jamoatçilik bilan birgalikda amalga oşiramiz.
Özbekistonda barça siyosiy huquqlar qatorida vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlari sözsiz ta’minlanadi. Biz demokratiya va oçiqlik siyosatini izçil davom ettirib, konstruktiv muxolifat faoliyatini, söz va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot oliş, undan foydalaniş va tarqatişga bölgan huquqlarini kafolatlaymiz.
Özbekiston fuqarolari dunyoning qaysi ölkasi yoki mintaqasida bölmasin, qonunlarimiz himoyasida böladi. Çet eldagi vatandoşlarimiz bilan aloqalarni yanada mustahkamlaymiz», — dedi prezident Şavkat Mirziyoyev.
- 2019 yil yakunida ham Şavkat Mirziyoyev mamlakat içida siyosiy muxolifat paydo bölişi, xalqning barça muammolarini bilişi uçun şaroit yaratiş zarurligini ta’kidlagandi.












