O‘zbekiston | 16:43 / 12.06.2023
26507
1 daqiqa o‘qiladi

Harbiy amaldor va tuman hokimi «Hududiy elektr tarmoqlari»dagi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi

5 yildan buyon Toshkentning Mirobod tumaniga hokimlik qilib kelgan Shuhrat Po‘latov «HETK»ning poytaxt filialiga bosh direktor bo‘ldi.

Foto: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ

12 iyun kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJda bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida elektr energetika tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Agzam Izbosarov «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Qurolli kuchlar Bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan.

Toshkent shahrining Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov esa «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Shuhrat Po‘latov. Foto: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ

U muqaddam Toshkent mexanika zavodiga rahbarlik qilgan, 2017 yil aprelida Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid