Harbiy amaldor va tuman hokimi «Hududiy elektr tarmoqlari»dagi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
5 yildan buyon Toshkentning Mirobod tumaniga hokimlik qilib kelgan Shuhrat Po‘latov «HETK»ning poytaxt filialiga bosh direktor bo‘ldi.

Foto: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ
12 iyun kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJda bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida elektr energetika tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Agzam Izbosarov «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Qurolli kuchlar Bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan.
Toshkent shahrining Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov esa «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

U muqaddam Toshkent mexanika zavodiga rahbarlik qilgan, 2017 yil aprelida Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va KXDR o‘rtasida avtomobil ko‘prigini qurish boshlandi
Jahon | 20:06
-
Rossiya armiyasiga yollangan mingdan ortiq o‘zbekistonliklar ro‘yxati e’lon qilindi
Jahon | 19:55
-
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshi qancha?
Iqtisodiyot | 19:48
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

19:00 / 26.04.2025
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

12:00 / 09.04.2025