Özbekiston poytaxti Toşkent şahrida tuman hokimiyatlari rahbarlarini yangilaş jarayoni davom etmoqda. 18 aprel kuni avvalida Yunusobod va Çilonzor tumanlariga yangi hokim tayinlangani ma'lum bölgan edi. Yunusobodga Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasining sobiq raisi Baxtiyor Abdusamatov, Çilonzorga Davlat raqobat qömitasi sobiq rahbari Davron Hidoyatov hokim etib tayinlangandi.
Kun oxiriga qadar yana 4ta tumanda (poytaxtda jami 11ta tuman mavjud) — Mirobod, Yaşnobod, Uçtepa va Sergeli tumanlarida ham rahbarlar özgartirildi.
Davlat qömitasidan tumanga. Çilonzorga yangi hokim tayinlandi
Sergeli tumaniga bunga qadar Toşkent şahar hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiya va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari sifatida işlagan Baxtiyor Rahmonov hokim böldi. Sergeli tumanining avvalgi hokimi Furqat Maqsudxöjayev qaysi işga ötgani haqida hozirça ma'lumot yöq.
Yaşnobod tumaniga bunga qadar Özbekiston iqtisodiyot vaziri örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan Dilmurod Turdiyev hokim böldi. Avvalgi hokim — Farruh Hakimovning keyingi faoliyati ma'lum emas.
Uçtepa tumaniga köp yillar davomida Mirzo Uluğbek tumani ma'muriyatini boşqargan Şavkatbek Ergaşev hokim etib tayinlandi. Avvalgi hokim — Jovdatxon Inoğomov şu yilning yanvarida iş boşlagandi va uning faoliyati 3 oydan köproq davom etdi.
Nihoyat, Mirobod tumaniga «Özbekiston temir yöllari» AJ tarkibiga kiruvçi Toşkent mexanika zavodining sobiq boşqaruv raisi — boş direktor lavozimida işlagan Şuhrat Pölatov rahbarlik qiladi. Bu tumanning avvalgi hokimi — Şarofiddin Qodirovning ham keyingi faoliyati noma'lum.








