O‘zbekiston | 21:26 / 30.10.2020
110034
3 daqiqa o‘qiladi
Bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘lanadi - prezident farmoni
«Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon asosida «Sog‘lom turmush tarzi» (www.1hls.uz) platformasi ishlab chiqiladi. Bunda:
- O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan;
- har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.
«Sog‘lom turmush tarzi» platformasi 2021 yil 1 martga qadar ishlab chiqiladi.
Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, «Workout» (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilandi:
- Ushbu sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021 yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 104 mlrd so‘mdan ajratiladi.
- Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 2021 yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 10 mlrd so‘mdan mablag‘lar ajratiladi.
Mavzuga oid
20:22 / 21.10.2024
Yengil kasalliklarni dori bilan davolashga o‘rganib qolishning oldi olinadi
17:50 / 04.01.2024
Gazlangan shakarli ichimliklarga soliq: bu natija beradimi?
14:35 / 26.05.2022
Piyoda yurganlarni mukofotlash imi-jimida bekor qilib yuborilgani ma’lum bo‘ldi
20:43 / 18.03.2022