Farmon asosida «Soğlom turmuş tarzi» (www.1hls.uz) platformasi işlab çiqiladi. Bunda:
- Özbekiston hududida bir sutka davomida ön ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoşdagi Özbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming sömdan;
- har oyda har bir tuman (şahar) böyiça eng köp yurgan şaxsga 300 ming sömdan, har bir hudud böyiça eng köp yurgan şaxsga 500 ming söm, respublika böyiça eng köp yurgan şaxsga 1 mln söm qöşimça ravişda platformadagi elektron hamyoniga ötkaziladi.
«Soğlom turmuş tarzi» platformasi 2021 yil 1 martga qadar işlab çiqiladi.
Ommaviy sportni rivojlantiriş va soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda yuriş, yuguriş, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, «Workout» (mahalla va köça fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilandi:
- Uşbu sport turlarini ommaviylaştiriş va rivojlantiriş dasturlarini amalga oşiriş uçun Davlat budjetidan 2021 yildan boşlab dasturlar töliq bajarilgunga qadar har yili 104 mlrd sömdan ajratiladi.
- Jismoniy imkoniyati çeklangan va nogironligi bölgan şaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga jalb qilişga qaratilgan dasturlarni moliyalaştiriş uçun Davlat budjetidan 2021 yildan boşlab dasturlar töliq bajarilgunga qadar har yili 10 mlrd sömdan mablağlar ajratiladi.
Özbekiston böylab «Salomatlik yölaklari» quriladi
«Salomatlik uçun zararli» mahsulotlar işlab çiqaruvçilarga maxsus yiğim joriy etiladi







