2021/2022 öquv yilidan boşlab, Özbekistondagi umumta'lim maktablarida umumiy öquv soatlari doirasida jismoniy tarbiya fani barça sinflarda haftada 2 soatdan öqitiş yölga qöyiladi.

2021 yilda umumta'lim maktablariga 50 ta sport zali qurilişi uçun 100 mlrd söm, sport ta'lim muassasalariga 48 ta sport inşooti qurilişi uçun 400 mlrd söm ajratiladi.

2021 yil 10 aprelga qadar 2022-2023 yillarga möljallangan dastur işlab çiqilib, şu asosda umumta'lim maktablari sport zallari bilan töliq ta'minlanadi, har bir tuman(şahar)da moddiy-texnika bazasiga ega bolalar va ösmirlar sport maktablari hamda boşqa jismoniy tarbiya va sport muassasalarining sport inşootlari quriladi va jihozlanadi.

Bundan taşqari, prezident imzolagan soğlom turmuş tarziga oid farmonga asosan:

  • ikki oy muddatda umumta'lim, professional va oliy ta'lim muassasalarida darslar oraliğida (katta tanaffus vaqtida) «Sport daqiqasi» jismoniy maşqlari amaliyotga joriy etiladi;
  • darslar boşlanişidan oldin esa 2 daqiqa nafas oliş maşqlari ötkaziladi;
  • 2021/2022 öquv yilidan boşlab öquvçilar, talabalarning yoş toifasiga qarab ularning jismoniy körsatkiçlarini (yuguriş, otiş, sakraş, tortiliş) baholaş mezonlari işlab çiqilib, «Kundalik» reyting daftariga alohida sahifada kiritiladi; har çorakda tahlil qilib boriladi.

Uç oy muddatda bolalarning jismoniy rivojlanişini raqamlaştirilgan dastur yordamida monitoring qiliş tizimi işlab çiqiladi.

2021 yil 1 martga qadar tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning soğliğini inobatga olgan holda, jismoniy tarbiya bilan şuğullanişi ustidan nazorat örnatiladi. Bolalar salomatligi asosida tibbiy-soğlomlaştiriş guruhlariga ajratilib, şunga qarab jismoniy çiniqtiriş miqdori belgilanadi.

Boğçalarning tibbiyot xodimlari va maktablarga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tarbiyalanuvçilar va öquvçilar soğliği va jismoniy kamolotini doimiy ravişda nazoratga oladi.

Soğliqni saqlaş vazirligi:

  • bir oy muddatda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazi bilan birgalikda qişloq vraçlik punktlari va oilaviy poliklinikalarining vraç va örta tibbiy xodimlarini