Prezident imzolagan, soğlom turmuş tarzi va ommaviy sportni hayotga keng tatbiq etişga oid farmonga köra, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati barça qömitalar, deputatlar, senatorlar, siyosiy partiyalar fraksiyalari örtasida Parlament öyinlari sport musobaqalarini joriy etiş töğrisida taklif kiritgan va u qöllab-quvvatlangan.

Bundan taşqari, 2021 yil 1 iyunga qadar quyidagilarga oid hukumat qarorlari qabul qilinadi:

  • yuriş, yuguriş, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va «Workout» sport turlarini rivojlantiriş;
  • paralimpiya harakatini rivojlantiriş;
  • jismoniy imkoniyati çeklangan va nogironligi bölgan şaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga jalb qiliş;
  • «Soğlom ayol – buyuk kelajak» ğoyasini özida mujassam etgan xotin-qizlar örtasida soğlom turmuş tarzini mustahkamlaş, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda şuğullanişga jalb qilişga qaratilgan çora-tadbirlar dasturi.

Har çorakda har bir tuman (şahar)da «Soğlom turmuş tarzi rivojlangan mahalla» tanlovi taşkil etiladi.

  • Tanlovda 1-örinni egallagan mahallaga 10 mln söm, 2-örin uçun 5 mln söm va 3-öringa 3 mln söm miqdorida pul mukofoti beriladi; mablağlar «Mahalla» xayriya jamoat fondidan ajratiladi.
  • Pul mukofoti MFYning bank hisob raqamiga ötkaziladi va mahallada sport maydonçalarini taşkil etiş, ularni jihozlaş, sport tadbirlarini ötkaziş maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yönaltiriladi.
  • Bir oy muddatda uşbu tanlovni ötkaziş tartibi va baholaş mezonlari işlab çiqilib, tasdiqlanadi. Bunda mahalla aholisining doimiy ravişda jismoniy tarbiya maşğulotlariga jalb etilişi, soğlom ovqatlaniş va soğlom turmuş tarziga rioya etişi, mahallada zarur sport infratuzilmasi mavjudligi, ötkazilgan musobaqalar soni, mahalla aholisining kasallaniş darajasi pasayib borişi körsatkiçlari nazarda tutiladi.