Gazlangan şakarli içimliklarga soliq: bu natija beradimi?
|22:50 / 04.01.202426 04214 min
Özbekistonda tarkibida şakar mavjud bölgan gazlangan içimliklarning 1 litr uçun 500 söm, energetik içimliklar uçun esa 2000 söm aksiz soliği joriy etilmoqda. Xöş, bundan maqsad haqiqatan ham soğlom turmuş tarziga ötişni rağbatlantirişmi? Agar şunday bölsa, bu çora közlangan maqsadga erişişda yordam bera oladimi?
Özbekistonda 2024 yil 1 apreldan tarkibida şakar yoki boşqa şirinlaştiruvçi moddalar bölgan gazlangan içimliklarning 1 litri uçun 500 söm miqdorida aksiz soliği joriy etiladi. Bu – 2024 yil uçun Davlat budjeti qabul qilinişi munosabati bilan Soliq kodeksiga kiritilgan özgarişlarda nazarda tutilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bunda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining tarkibida şakar va boşqa turdagi şirinlantiruvçi moddalar mavjud alkogolsiz içimliklar uçun qöşimça soliq kiritiş böyiça tavsiyasi inobatga olinganini bildirgan. Aksiz soliğidan tuşgan mablağlar Tibbiyotni rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltiriladi.
Bunga qöşimça ravişda, Qonunçilik palatasining bir guruh deputatlari taşabbusi bilan, energetik va tetiklaştiruvçi içimliklarning 1 litri uçun 2000 söm miqdorida aksiz soliği ham belgilandi.
Maqsad nima?
Dunyo miqyosida “şakar soliği” joriy qilinişidan asosiy maqsad – aholi orasida ortiqça vazn va semiriş muammosini kamaytiriş, qandli diabet kasalligiga çaliniş holatlarining ortib borayotgani bilan izohlanadi.
2014 yilda “Action on Sugar” tomonidan ötkazilgan tadqiqot şuni körsatdiki, 330 ml gazlangan şirin içimliklarning 79 foizi olti yoki undan ortiq çoy qoşiq şakarni öz içiga oladi. Bu – kattalar uçun şirinlikning maksimal sutkalik dozasiga teng.
Boşqa bir tadqiqot natijalariga qaraydigan bölsak, kuniga bir yoki ikki butilka şakarli içimlik içiş qandli diabet rivojlaniş xavfini 26 foizga oşiradi.
Buyuk Britaniyaning nufuzli The Lancet tibbiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga köra
Mavzuga oid
, 2021 yilda dunyoda qandli diabet bilan kasallanganlar soni 529 million kişi bölgan bölsa, 2050 yilga borib ularning soni 1,31 milliardga yetadi. Qandli diabet bilan kasallanişning 49,6 foizga oşişi esa semiriş bilan boğliq. Gazlangan içimliklarning organizm uçun quyidagi xavfli oqibatlari
Agressivlik va depressiyaning kuçayişi. 2020 yilda 11, 13 va 16 yoşli 5147 nafar bola iştirokida ötkazilgan tadqiqot gazli içimlik iste’moli va agressivlik örtasida boğliqlik borligini körsatgan.
Erta qariş. Gazli içimliklarda işlatiladigan fosfat, şuningdek, boşqa köplab qayta işlangan oziq-ovqatlar qariş jarayonini tezlaştiradi. Şuningdek, gazli içimliklar surunkali buyrak kasalligini keltirib çiqaradi va yurak-qon tomir tizimi uçun ham zararli.
Saraton kasalligi xavfining ortişi. 2019 yilda British Medical Journal tomonidan 5-18 yoşgaça bölgan 101 ming 257 nafar iştirokçi bilan ötkazilgan tadqiqot şakarli içimliklarni iste’mol qiliş saraton, xususan, kökrak saratoni xavfini keltirib çiqarişini körsatgan. Jumladan, kuniga 100 ml qöşimça şakarli içimliklar içiş saraton xavfini 18 foizga oşirişi mumkin degan xulosaga kelingan.
Yurak-qon tomir kasalliklari. Şakarli içimliklar va yurak-qon tomir kasalliklarida ölim darajasi örtasidagi boğliqlik bor. Har kuni iste’mol qilingan şakarli içimlikning har bir qöşimça qismi yurak-qon tomir kasalliklaridan öliş xavfini 10 foizga oşiradi.
Qandli diabet rivojlaniş xavfining ortişi. Şakarli içimliklar ikkinçi toifa diabet rivojlaniş ehtimolini oşiradi. 2009 yilda Amerika diabet assotsiatsiyasi kuniga bir yoki bir neçta gazlangan içimliklar içiş diabet xavfini 67 foizga oşirganini ma’lum qilgan.
Ortiqça vazn. 749 nafar kattalar iştirokida 10 yil davomida ötkazilib 2015 yilda yakunlangan tadqiqotga köra, har kuni gazli içimlik iste’mol qiladigan odamlarda qorin böşliğidagi semiriş şakarli içimliklarni iste’mol qilişni töxtatganlarga qaraganda deyarli tört baravar yuqori böladi.
Alsgeymer kasalligi xavfining ortişi. 2020 yilda olimlar gazli içimliklarni köproq iste’mol qiliş demensiya, Alsgeymer kasalligi va insultning barça şakllari xavfi ortişi bilan boğliqligini aniqlagan.
Tişlar va jigarning şikastlaniş xavfining ortişi. Gazlangan içimliklar tişlarga zarar yetkazişi va kariyes, tiş eroziyasi kuçayişiga olib kelişi mumkin. Mutaxassislar gazli içimliklar içilgandan keyin darhol tişlarni yuvmaslikni tavsiya qilgan. Çunki kislota tişlar tuzilişini yumşatib, ularni tuşib ketişiga moyil qilib qöyadi.
Körib turganimizdek, gazlangan içimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qiliş inson organizmida jiddiy xastaliklarni keltirib çiqarişi mumkin.
Işlamaydigan norma va tasdiqlanmagan loyiha
Ayni vaqtlarga kelib dunyoning köpgina davlatlarida energetik içimliklarni sotişga turli qonuniy çeklovlar belgilangan. Bu borada Özbekistonda ham bir qator tartiblar mavjud. “Reklama töğrisida”gi qonunning 37-moddasiga köra, energetik içimliklar reklamasida bunday içimliklarni haddan ziyod iste’mol qilişning zarari töğrisidagi ogohlantiriş, şuningdek bunday içimliklarni iste’mol qiliş tavsiya etilmaydigan şaxslar haqidagi axborot mavjud bölişi kerak. Şuningdek, energetik içimliklarning reklamasi:
sportda yutuqlarga erişgan insonlarning tasvirini öz içiga olmasligi;
energetik içimliklarni iste’mol qiliş reklamadan foydalanuvçilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erişişi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxşilanişi uçun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi kerak.
Bundan taşqari, 18 yoşdan kiçiklarga energetik içimliklarni sotiş taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 164-moddasiga muvofiq, uşbu qoidani buzgan fuqarolar BHMning 5 barobaridan 10 barobarigaça, yuridik şaxslar esa 7 barobaridan 15 barobarigaça jarimaga tortiladi.
Biroq bu normalarni amaliyotga tatbiq qiliş borasida kamçiliklar yetarli darajada. Biror dökonda uşbu mahsulotni xarid qilayotgan insondan yoşi söralgani, sotilmay olib qöyilgani kabi holatlarni deyarli uçratmaymiz. Mutaxassislar bunday içimliklar ösmir bolalar salomatligiga salbiy ta’sir qilişi mumkinligini aytib kelişadi, ammo Özbekistonda bu boradagi iste’molni kamaytirişga qaratilgan amaldagi tartiblar har doim ham işlayvermaydi.
Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qaror loyihasida 2022 yil 1 sentabrdan maktablarga 500 metrga yaqin hududlarda şakarli, gazlangan va energetik içimliklar hamda tez tayyorlanadigan taomlar savdosini taqiqlaş közda tutilgandi. Ammo bu noma’lum sabablarga köra qabul qilinmadi.
“Ösmirlarning ovqatlanişi bilan boğliq muammolar dolzarbligiça qolmoqda. Masalan, 2017 yilda ötkazilgan ovqatlaniş böyiça tadqiqotlarga köra, 5-19 yoşdagi bolalar va ösmirlar orasida ortiqça vaznning paydo bölişi öğil bolalar örtasida 8,4 foizdan 16,3 foizga, qizlar örtasida 11 foizdan 17 foizga, semizlik esa öğil bolalarda 2 foizdan 5 foizgaça va qizlarda 1 foizdan 3 foizgaça ösdi. Qizlar örtasida notöğri ovqatlaniş va mikroelementlarning yetişmasligi esa, kelajakdagi homiladorlikning oğir asoratlariga sabab böladi”, deyilgandi qaror loyihasida.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, gazlangan içimliklar uçun aksiz soliği joriy qilişdan maqsad insonlar salomatligiga qayğurişdan köra, köproq budjetni töldiriş uçun qöşimça manba yaratiş bölgandek taassurot uyğotmoqda. Çunki bu borada mavjud qonunçilikning amaliyotga tatbiq qilinişida yetarliça muammolar bor. Boşqa bir holatda esa ösmirlar salomatligini yaxşilaş uçun işlab çiqilgan qaror loyihaligiça qolib ketgan.
Bu boradagi xalqaro tajriba qanday?
“Tarkibida şakar yoki boşqa turdagi şirinlaştiruvçi moddalar mavjud bölgan içimliklarni soliqqa tortiş dastlab Belgiya, Finlandiya, Fransiya, Vengriya, Irlandiya, Latviya, Monako, Norvegiya, Portugaliya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarda joriy etilgan va uşbu amaliyot 2016 yildan keyin boşqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan. Bugungi kunda 50 dan ortiq mamlakatlarda mazkur turdagi içimliklardan aksiz soliği undirib kelinmoqda. Bunday soliq MDHga a’zo davlatlar – Rossiya, Qirğiziston, Tojikiston va Ozarboyjonda ham joriy etilgan. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida soliq stavkasi içimliklarning bir litri uçun 0,07 – 0,2 yevro, Rossiyada 7 rubl (yoki 0,07 AQŞ dollari), Ukrainada 0,1 yevroni taşkil qiladi”, – deyilgan aksiz soliği joriy qilişni nazarda tutuvçi qonun loyihasida.
Örganişlarimizga köra, dunyoda birinçi marta şakarli gazlangan içimliklar uçun aksiz soliği 1930 yilda Daniyada joriy qilingan, lekin 2013 yilga kelib, gazlangan içimliklarning noqonuniy savdosi avj olib ketgani ortidan u bekor qilingan. Avstraliyada ham bu kabi soliq turi mavjud va hozirgi kunda hukumat içimliklardagi şakar miqdorini kamaytiriş ustida işlamoqda. Maqsad – şakar miqdori past yoki şakarsiz içimliklar iste’molini oşiriş.
Meksikada ötkazilgan tadqiqotlar esa “şakar soliği”ning joriy qilinişi iste’mol kamayişiga olib kelişini körsatgan. Mamlakatda 2013 yil oktyabr oyida gazlangan içimliklar uçun soliq joriy qilinadi. Şundan söng, 2014 yilda mamlakatda gazlangan içimliklar savdosi 6 foizga kamayadi, aksinça suv va soliqqa tortilmaydigan içimliklar sotib oliş örtaça 4 foizga oşadi.
Umuman olganda, köplab ilmiy markazlar tomonidan ötkazilgan tadqiqotlar şakarli gazlangan içimliklar uçun soliq joriy qilinişi iste’molni kamaytiradi degan xulosani bergan. Ammo ba’zi tadqiqotlarda bu yetarli darajada samara bermasligi, odamlar boşqa muqobil, soliq solinmagan köp kaloriyali mahsulotlarni iste’mol qilişni köpaytirişi keltirib ötiladi.
Yangi soliq narxlarga qanday ta’sir qiladi?
Soliq yukining iste’molçi va sotuvçiga bölinişi şakarli gazlangan içimliklar narxining egiluvçanligiga boğliq. Talabning narx egiluvçanligi taklifning narx egiluvçanligidan yuqori bölsa, sotuvçilarga soliq yuki köproq tuşadi, agar taklifning narx egiluvçanligi talabning narx egiluvçanligidan yuqori bölsa, asosiy soliq yuki xaridorlarga tuşadi. Şu jihatdan, aksiz soliği narxlar oşişiga qanday ta’sir qilişi mumkinligi mamlakatlar kesimida farq qiladi. Şuningdek, soliq yuki turli ijtimoiy qatlamlarga har xil ta’sir körsatişi mumkin. Masalan, Meksikada şakar soliğining 63,7 foiz yuki eng quyi ijtimoiy guruhlar hissasiga töğri kelgan.
Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari qonun loyihasini körib çiqişda yangi soliqning narxlarga va tadbirkorlik sub’yektlariga ta’siri, bu borada ötkazilgan tadqiqotlar bor-yöqligi va yangi soliqning boşqa ehtimoliy oqibatlarini muhokama qilmadi.
Gazlangan içimliklarga aksiz soliği joriy qiliş kerakmi?
Iqtisodçi Valijon Töraqulovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu turdagi içimliklar uçun aksiz soliğining joriy qilinişi umumiy holatda yaxşi, ammo hukumat odamlarga muqobil arzon soğlom içimliklar taklif qilişi va soliqning regressiv tabiatidan qoçişi kerak.
“Umumiy jihatdan olib qaraganda, bu ijobiy. Masalan, ayrim mamlakatlarda tezkor ovqatlaniş tarmoqlari uçun semizlik soliği (fat tax) joriy qilingan. Bundan maqsad – odamlarda ortiqça vazn töplanişining oldini oliş maqsadida iste’molni kamaytiriş. Aholi örtasida semirişning kuçayişi esa iqtisodiyotdagi samaradorlikning tuşib ketişiga olib keladi. Agar Özbekistonda şakarning öziga qöşimça soliq joriy qilinişi kerak deyilganida, bu juda yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin edi va köp narsaning narxiga ta’sir qilardi. Iste’molni kamaytiriş uçun gazlangan içimliklarga soliq solinişi va undan tuşgan mablağning Tibbiyotni rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltirilişi yaxşi jihat.
Şu bilan birga, har bir narsaning ikkinçi tomoni ham böladi. Xususan, gazlangan şirin içimliklar işlab çiqariş bilan şuğullanadigan kiçik bizneslar bor. Hukumat ularga şakari kam yoki tabiiy içimliklar işlab çiqarişga ötişi uçun yordam körsatişi kerak. Şuningdek, odamlarga gazlangan içimliklar zarar ekanini körsatuvçi ijtimoiy harakatlarni köpaytirib, ularga tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadigan boşqa alternativlar taklif qilinişi lozim.
Yana bir jihat, Cola yoki Pepsi kabi içimliklarni asosan aholining daromadi kam qatlami iste’mol qiladi, şu sababli mazkur soliq kambağaldan olib boyga berişga öxşab qolişi mumkin va buni regressiv soliq deb ataymiz. Bunda kambağallarga soliq yuki köp tuşadi, taqsimotida esa boylar köproq oladi. Jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlikni soliqlar orqali kamaytira oliş juda ham muşkul iş, lekin aynan soliqlar sababli tengsizlikni kuçaytirib yuboriş juda ham oson. Mana şu narsaga yöl qöyilmasligi kerak. Şuning uçun töplangan mablağ köproq kambağal aholi manfaatlari uçun işlatilişi kerak.
Bundan taşqari, mana şu soliqning foydasi qay darajada böliş yoki bölmasligini aniqlaş uçun insonlar soğliğining qay darajada özgargani böyiça monitoring olib boriş lozim böladi.
Xulosa qiladigan bölsa, bu umumiy holatda yaxşi va köp mamlakatlarda bor soliq. Lekin davlat kiçik bizneslarni saqlab qoliş uçun ularga yordam qilişi kerak böladi. Odamlarga esa bu kabi içimliklar qimmat bölsa, qanday arzon soğlom içimliklar içiş böyiça muqobillar berilişi kerak. Şuningdek, soliqning regressiv tabiatidan qoçiş kerak va doimiy ravişda uşbi soliq siyosatining salbiy va ijobiy jihatlarini öz içiga olgan tadqiqotlar olib borilişi lozim”, deydi Valijon Töraqulov.