Hafta davomida harorat nisbatan ko‘tariladi
O‘zbekiston bo‘yicha 30 sentabr-4 oktyabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz
30 sentabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, respublikaning ayrim joylarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida faqat kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun havo harorati +18...+23 daraja atrofida ancha salqin bo‘ladi. 1-4 oktyabr kunlari recpublika bo‘yicha o‘rtacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi.
Faqat 2 oktyabrda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3-4 oktyabr kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabr va 3-4 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat asosan kechalari 1 oktyabrda +7...+12 bo‘ladi, 2-4 oktyabrda +12...+17 gacha ko‘tariladi. Kunduz kunlari 1-2 oktyabrda +22...+27, 3-4 oktyabrda +25...+30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
Poytaxtda 30 sentabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat +20...+22 bo‘ladi. 1-4 oktyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 2 sentabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat kechalari 1 oktyabrda +9...+11, 2-4 oktyabrda +13...+16 gacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 1-2 oktyabrda +24...+27, 3-4 oktyabrda +27...+30 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning ehtiyotsizligi AQSh fond bozorini qulatdi - AQShda krizis xavfi bormi?
Jahon | 09:00
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 08:50
-
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 08:37
-
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda
Jahon | 07:48
Mavzuga oid

10:47 / 15.03.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

12:37 / 14.03.2025
Hafta oxirida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

11:04 / 11.03.2025
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

13:44 / 09.03.2025