Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari +4…+9, kunduz kunlari +17…+25 daraja atrofida bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
14–16 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Havo harorati asosan kechalari +4…+9 daraja, kunduz kunlari +17…+22 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +25 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
Toshkent shahrida juma va dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Harorat kechalari +7…+9 daraja, kunduz kunlari +19…+22 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:37 / 24.03.2026
Hafta davomida harorat +30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
11:35 / 19.03.2026
Hafta oxirida yomg‘irli kunlar bo‘lishi kutilmoqda
13:17 / 16.03.2026