Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Raislik lavozimi 1,5 yildan buyon bo‘sh qolmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PF-6063-sonli farmoni bilan Bahodir To‘xtamishovich Turobov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Turobov 1972 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1994 yil Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi, 2000 yil Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2007 yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
B.Turobov 2011-2015 yillarda Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Bosh boshqarma boshlig‘i vazifasida mehnat qilgan. 2015-2017 yillarda «O‘zpaxtasanoateksport» holding kompaniyasi Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori, sho‘'ba mudiri sifatida samarali mehnat qilgan.
2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida rais o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2019 yil sentyabrdan buyon Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ma'lumot uchun, 2017-2019 yillarda Hisob palatasiga raislik qilgan Muzraf Ikromov 2019 yil martida ishdan ketgach, palata raisi lavozimi bo‘sh qolmoqda.
Palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi ham Mehriddin Abdullayev 2020 yil yanvarida «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga o‘tkazilganidan keyin (u 2019 yil sentyabridan shu lavozimda ishlagan) bo‘sh qolayotgandi.
Mavzuga oid
21:59 / 23.07.2025
Budjet tizimidagi kamchiliklar sun’iy intellekt orqali bartaraf etiladi
17:00 / 12.02.2025
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi
20:32 / 20.01.2025
Prezident barcha idoralarda moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilishga chaqirdi
17:50 / 30.09.2024