Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PF-6063-sonli farmoni bilan Bahodir Töxtamişoviç Turobov Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Turobov 1972 yil Surxondaryo viloyatida tuğilgan. 1994 yil Toşkent moliya institutini iqtisodçi mutaxassisligi, 2000 yil Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 2007 yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
B.Turobov 2011-2015 yillarda Moliya vazirligi boşqarma boşliği, Boş boşqarma boşliği vazifasida mehnat qilgan. 2015-2017 yillarda «Özpaxtasanoateksport» holding kompaniyasi Boş boşqarma boşliği lavozimida faoliyat olib borgan. 2017-2018 yillarda Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi boş inspektori, şö'ba mudiri sifatida samarali mehnat qilgan.
2018-2019 yillarda Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasida rais örinbosari vazifasida işlagan. 2019 yil sentyabrdan buyon Hisob palatasi raisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Ma'lumot uçun, 2017-2019 yillarda Hisob palatasiga raislik qilgan Muzraf Ikromov 2019 yil martida işdan ketgaç, palata raisi lavozimi böş qolmoqda.
Palata raisining birinçi örinbosari lavozimi ham Mehriddin Abdullayev 2020 yil yanvarida «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga ötkazilganidan keyin (u 2019 yil sentyabridan şu lavozimda işlagan) böş qolayotgandi.







