Jahon | 22:55 / 23.02.2026
14214
5 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi urushning 4 yili - suratlarda

Rossiyaning 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga bosqini Ikkinchi jahon urushidan buyon Yevropadagi eng yirik mojaroni boshlab berdi. Associated Press fotomuharrirlari tayyorlagan ushbu fotogalereya Rossiya bosqinchilik urushining to‘rt yiliga nazar tashlaydi.

2022 yil fevral oyida Rossiyaning «maxsus harbiy operatsiya» nomi ostida boshlagan keng ko‘lamli urushi ertaga – 2026 yil 24 fevral kuni o‘zining to‘rtinchi yiliga qadam qo‘yadi. Rossiya ushbu harakatlarini NATOning sharqqa kengayishi va o‘z xavfsizligini ta’minlash bilan oqlashga urinsa-da, Ukraina va jahon hamjamiyatining katta qismi buni mustaqil davlat suverenitetiga nisbatan asossiz tajovuz deb hisoblaydi.

Ushbu yillar davomida Ukrainaning ko‘plab shaharlaridagi shiddatli janglar millionlab qochqinlar, minglab qurbonlar va katta iqtisodiy inqirozga sabab bo‘ldi. Rossiya-Ukraina urushi zamonaviy tarixdagi eng yirik qurolli mojaroga aylandi. Hozirda Ukraina G‘arb davlatlarining harbiy va moliyaviy ko‘magi bilan mudofaa urushini davom ettirmoqda, Rossiya esa egallangan hududlarda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Shu bilan birga AQSh vositachiligida 3 tomonlama muzokaralar davom etmoqda.

Associated Press nashri urushning 4 yili davomida o‘z fotomuxbirlari tomonidan olingan eng ta’sirli suratlarni jamladi.

Kiyev yaqinidagi Irpin daryosidan o‘tib qochishga urinayotgan ukrainaliklar vayron qilingan ko‘prik ostida to‘plangan. Ukraina, 2022 yil 5 mart. AP Photo/Emilio Morenatti
Rossiya o‘q otishi natijasida og‘ir yaralangan homilador ayol Mariupol shahridagi tug‘ruqxonadan evakuatsiya qilinmoqda. 2022 yil 9 mart. Ayol omon qolmagan. AP Photo/Yevgeniy Maloletka
Mariupol chetidagi ommaviy qabrga joylanayotgan jasadlar. Ukraina, 2022 yil 9 mart. AP Photo/Yevgeniy Maloletka
Kiyev viloyati Velika Dimerka qishlog‘ida shikastlangan Rossiya tanki va uning minorasi yonidagi bog‘da kungaboqar ekayotgan erkak. 2023 yil 17 may. AP Photo/Efrem Lukatsky
Xarkovda Rossiya hujumi natijasida yongan do‘kondan buyumlarini olayotgan erkak. 2022 yil 25 mart. AP Photo/Felipe Dana
Avdiivkada Rossiya havo zarbasi oqibatida yonayotgan bino oldida panoh topgan ukrain politsiyachisi. 2023 yil 17 mart. AP Photo/Yevgeniy Maloletka
Kiyev yaqinida – Buchadagi uyida halok bo‘lgan keksa ayol jasadi yonida turgan it. 2022 yil 5 aprel. AP Photo/Felipe Dana
Ukrainlarning 95-havo-desant brigadasiga tegishli BM-21 «Grad» reaktiv tizimi front chizig‘ida Rossiya pozitsiyalariga o‘t ochmoqda. 2023 yil 9 mart. AP Photo/Yevgeniy Maloletka
Chernigov viloyatida «Azov» brigadasi askarining dafn marosimida yig‘layotgan ayol. 2024 yil 4 oktabr. AP Photo/Yevgeniy Maloletka
Kiyev yaqinidagi Buchada vayron qilingan Rossiya harbiy texnikasiga to‘la ko‘chada harakatlanayotgan ayol. 2022 yil 3 aprel. AP Photo/Rodrigo Abd
Doneskdagi shifoxonada jangdan olib kelingan yaralangan safdoshini davolayotgan harbiy shifokorlar – askar omon qolmadi. 2023 yil 9 yanvar. AP Photo/Yevgeniy Maloletka
Konstantinovkadagi bozorga raketa hujumidan keyin halok bo‘lganlar jasadlari oldida shifokorlarga baqirayotgan ukrain harbiysi. 2023 yil 6 sentabr. AP Photo/Yevgeniy Maloletka
Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumlari tufayli qish o‘rtasida elektr, suv va isitishsiz qolgan aholi uchun Kiyevda o‘rnatilgan favqulodda chodirlar. 2026 yil 15 yanvar. AP Photo/Vladislav Musienko
Doneskdagi tibbiy evakuatsiya avtobusida yotgan yaralangan ukrain askari. 2023 yil 22 mart. AP Photo/Yevgeniy Maloletka
Kiyevda Rossiya havo zarbasidan vayron bo‘lgan uydan nosilkada olib chiqilayotgan yaralangan ayol. 2025 yil 24 aprel. AP Photo/Yevgeniy Maloletka
Kiyevdagi shifoxonaga tashrif chog‘ida yuzida ko‘plab jarohat izlari ko‘ringan Konstantin Bichek. U Rossiya zarbasida yaralangan. 2025 yil 25 aprel. AP Photo/Yevgeniy Maloletka.
 Xersonda Rossiya hujumidan yaralangan shaxs tez yordam mashinasi ichida. 2022 yil 24 noyabr. AP Photo/Bernat Armangue
Donesk – Andrivka yaqinida front chizig‘i bo‘ylab yonib ketgan o‘rmon oralab yurayotgan ukrain harbiylari. 2023 yil 16 sentabr. AP Photo/Mstiyslav Chernov
Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid