Qayd etilişiça, Vladimir Putin Ukrainani demilitarizatsiya qiliş böyiça maxsus operatsiya ötkazilişini e’lon qildi
«Men maxsus harbiy operatsiya ötkazişga qaror qildim», dedi u.
Vladimir Putinning sözlariga köra, Rossiya SSSR parçalanganidan keyin yangi taşkil topgan barça davlatlarga hurmat bilan munosabatda bölmoqda.
“Biz SSSR parçalanganidan keyin yangi taşkil topgan barça davlatlarga hurmat bilan munosabatda bölmoqdamiz. Qozoğistonga körsatayotgan yordamimiz bunga misoldir.
Rossiya Ukraina hududidan kelayotgan doimiy tahdid bilan yaşay olmaydi. Siz va men xalqimizni himoya qiliş uçun birorta ham imkoniyatga ega emasmiz, bugungi kunda foydalanayotganimizdan taşqari.
Donbass xalq respublikalari yordam sörab Rossiyaga murojaat qilişdi. Bizning rejalarimiz Ukrainani bosib olişni öz içiga olmaydi”, dedi Putin.
Şu bilan birga, u Ukrainadagi vaziyatga taşqaridan aralaşuv bölsa, Rossiya darhol javob qaytarişini ma’lum qildi.
Avvalroq, özini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina tomonidan “tajovuz”ni qaytarişda yordam berişni sörab murojaat qilgandi.
Kreml matbuot xizmati taqdim etgan murojaatlar surati e’lon qilindi. Hujjatlarda 22 fevral sanasi körsatilgan. Ularda aytilişiça, “Ukrainadan harbiy tajovuz kuçaymoqda” va “Kiyev oğriqli aloqa çiziğida öz harbiy iştirokini oşirişda davom etmoqda”, göyoki DXR va LXR infratuzilmasini vayron qilmoqda hamda tinç aholini öldirmoqda.
Respublikalar rahbarlari Rossiya bilan döstlik va özaro yordam şartnomalarini tilga olib, Putindan yordam söragan.













