O‘zbekiston | 13:38 / 14.09.2020
21955
8 daqiqa o‘qiladi

«Korean and migration xususiy bandlik agentligi» mas'ullariga nisbatan sud hukmi e'lon qilindi

Bugun, 14 sentabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ mas'ullariga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sudlanuvchilar Qahramon Otaqulov (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ direktori), Odil Kabilov (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan viloyat filiali direktori), Xushvaqt Turdiyev (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ ta'sischisi), Musurmon Aliqulov (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ o‘quv ishlari bo‘limi direktori), Anvarjon Shamshiddinov (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi), Orifjon Jo‘rayev (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ Namangan viloyat filiali g‘aznachisi), Mavluda Otajonova (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ hisobchisi), Ra'no Nuraliyeva (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ kadrlar bo‘limi inspektori), Kang Nam Kyu (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ hamkori), Jalol Xidirov (vositachi), Iroda Djabborova (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ agenti) va Furqat Kamalovga (vositachi)ga nisbatan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Qosimov tomonidan ko‘rib chiqildi.

E'lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:

  • Q. Otaqulov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
  • O. Kabilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
  • X. Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
  • M. Aliqulov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
  • A. Shamshiddinov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
  • M. Otajonova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tashlik uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil 9 oy 21 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
  • R. Nuraliyeva O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
  • O. Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
  • Kang Nam Kyu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
  • J. Xidirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari bilan aybdor deb topildi. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
  • I. Djabborova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.
  • F. Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sudlanuvchilardan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirish belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid