«Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida sudlanuvçilar Qahramon Otaqulov («Korean and migrations xususiy bandlik agentligi» MÇJ direktori), Koreya Respublikasi fuqarosi bölgan Kang Nam Kyu (agentlikning xorijiy hamkori), Odil Kabilov (agentlikning Namangan viloyat filiali direktori), Xuşvaqt Turdiyev («Korean and migrations xususiy bandlik agentligi» MÇJ ta'sisçisi), Musurmon Aliqulov (agentlikning öquv işlari bölimi direktori), Anvarjon Şamşiddinov (agentlikning Namangan viloyat filiali iş yurituvçisi), Orifjon Jörayev (agentlikning Namangan viloyat filiali ğaznaçisi) va agentlikda turli lavozimlarda işlagan yana 4 nafar şaxslarga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni boşlandi.

Iş hujjatlariga köra, sudlanuvçi Q.Otaqulov va boşqalar Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda işga joylaştirişga yolğon va'dalar berib, «Korean and migrations xususiy bandlik agentligi» MÇJga kelib murojaat qilgan fuqarolarning juda köp miqdordagi pul mablağlarini qölga kiritişib, uşbu pullarni şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborişgan.

Uşbu jinoyat işi böyiça 2 372 jabrlanuvçi va 4 fuqaroviy da'vogarlar mavjud.

Ayblov xulosasi böyiça moddiy zarar miqdori 24,2 mlrd söm bölib, şundan dastlabki tergov mobaynida 13,3 mlrd söm miqdorini bartaraf etiş çorasi körilgan.

Sudlanuvçi Q. Otaqulov va boşqalar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Sud jarayoni davom etmoqda, keyingi sud majlisi 8 iyun kuniga tayinlangan», deyiladi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.