Bugun, 14 sentabr kuni, jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ mas'ullariga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, sudlanuvçilar Qahramon Otaqulov (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ direktori), Odil Kabilov (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ Namangan viloyat filiali direktori), Xuşvaqt Turdiyev (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ ta'sisçisi), Musurmon Aliqulov (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ öquv işlari bölimi direktori), Anvarjon Şamşiddinov (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ Namangan viloyat filiali iş yurituvçisi), Orifjon Jörayev (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ Namangan viloyat filiali ğaznaçisi), Mavluda Otajonova (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ hisobçisi), Ra'no Nuraliyeva (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ kadrlar bölimi inspektori), Kang Nam Kyu (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ hamkori), Jalol Xidirov (vositaçi), Iroda Djabborova (“Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MÇJ agenti) va Furqat Kamalovga (vositaçi)ga nisbatan jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Qosimov tomonidan körib çiqildi.

E'lon qilingan sud hukmiga köra:

  • Q. Otaqulov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil ötaş uçun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.
  • O. Kabilov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil ötaş uçun yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.
  • X. Turdiyev