Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolari uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Termizdagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida gumanitar, pedagogika va muhandislik sohalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, unda 345 nafar afg‘onistonlik bepul tahsil olishi mumkin bo‘ladi.
Xususan:
- hozirda markazda tahsil olayotgan afg‘onistonlik 145 nafar talaba, jumladan, 24 nafar xotin-qiz ta’lim jarayonini davom ettiradi;
- 100 nafar Afg‘oniston fuqarosi bir yillik texnik hamda kasbiy ta’lim va tayyorgarlik dasturi doirasida o‘qitiladi;
- 100 nafar Afg‘oniston fuqarosi qisqa muddatli kasbiy kurslarda ta’lim oladi.
Ma’lum qilinishicha, Yevropa ittifoqi mazkur tashabbus uchun 1 mln yevro ajratadi.
Mavzuga oid
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026