Xitoy orbitada sun’iy yo‘ldoshlar ishtirokida «havo janglari»ni sinovdan o‘tkazmoqda
Amerikalik mutaxassislarning fikricha, Xitoy kosmik texnologiyalar sohasida AQSh bilan o‘rtasidagi tafovutni sezilarli darajada qisqartirgan.

Sun’iy intellekt chizgan surat
Xitoy Yer atrofidagi orbitada o‘zining kosmosdagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sun’iy yo‘ldoshlar o‘rtasida «havo janglari» o‘tkazishni boshladi. Bu haqda AQSh kosmik operatsiyalar qo‘mondonligi rahbari o‘rinbosari general Maykl Getleyn ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, XXR va Rossiya kosmik texnologiyalar sohasidagi texnologik tafovutni qisqartirmoqda.
AQSh Kosmik kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, orbitada «bir-birining atrofida sinxron harakatlangan va boshqarilgan beshta obekt» kuzatilgan. «Bu biz kosmosdagi havo janglari deb ataydigan narsa. Xitoy orbitada bir nechta sun’iy yo‘ldoshlarning o‘zaro hamkorligi asosida kosmik operatsiyalarni amalga oshirish uchun taktika, usullar va jarayonlarni sinovdan o‘tkazmoqda», — deydi Getleyn.
Kosmik kuchlar vakili aytayotgan «havo janglari» hodisasi 2024 yilda past Yer orbitasida Xitoyning Shiyan-24 °C va Shijian-6 055A/B eksperimental sun’iy yo‘ldoshlari ishtirokida o‘tkazilgan manyovrlar seriyasi bilan bog‘liq. CNN’ning yozishicha, bunday texnologiyalar Xitoyga sun’iy yo‘ldoshlarni yo‘q qilish yoki ularni ishdan chiqarish imkonini beradi, bu esa aloqani yoki dushman taraf qurolli kuchlarining raketalarni uchirish va aniqlash bilan bog‘liq operatsiyalariga xalaqit qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Getleynning ta’kidlashicha, Xitoy va Rossiya «g‘ayrioddiy» imkoniyatlarni rivojlantirgan. U bunga misol sifatida sun’iy yo‘ldosh signallarini buzish uchun radioelektron to‘siqlarni qo‘llash, razvedka sun’iy yo‘ldoshlariga lazer bilan zarar yetkazish va sun’iy yo‘ldoshlarni ushlab, ularning orbitasini o‘zgartirish kabi manyovrlarni keltirdi. General bu vaziyatni «so‘nggi yillardagi yoki hatto butun tarixdagi eng murakkab strategik vaziyat» deb atadi. «Ilgari biz bilan eng yaqin «hamkasblarimiz» o‘rtasida tafovut bor edi, bu, asosan, AQShning texnologik ustunligi bilan bog‘liq edi... Ammo endi bu tafovut sezilarli darajada qisqardi», — deydi u.
Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining kosmosda xavfsizlikni ta’minlash loyihasi direktori o‘rinbosari Kleyton Svoupning aytishicha, bir sun’iy yo‘ldoshning boshqasiga yaqinlashishi to‘r, snaryad yoki lazer kabi energetik quroldan foydalanib, uni egallab olish mumkinligini anglatadi Ammo bunday manyovrlardan yonilg‘i quyish yoki texnik xizmat ko‘rsatishda ham foydalanish mumkin. Svoupning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy «murakkab manyovrlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega sun’iy yo‘ldoshlarni tobora ko‘proq uchirmoqda».
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh butun dunyo davlatlariga qarshi tariflar joriy qilmoqchi - Reuters
Jahon | 08:07
-
«Bu hali yakuniy qaror emas» – Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi
O‘zbekiston | 07:48
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
Mavzuga oid

21:50 / 31.03.2025
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda

15:56 / 31.03.2025
WP: AQSh Mudofaa vazirligi Rossiyani emas, Xitoyni asosiy tahdid deb hisoblayapti

18:19 / 28.03.2025
Tayvan Xitoyning yirik kompaniyasini sanoat josusligida ayblamoqda

15:24 / 28.03.2025