Oq uyning fikriça, Xitoy hozirda AQŞ uçun asosiy tahdid deb hisoblanişi, Rossiyani tiyib turişni esa Yevropa ittifoqçilari ixtiyoriga qoldiriş kerak. Bu haqda 29 mart, şanba kuni The Washington Post (WP) gazetasi Pentagon rahbari Pit Xegset tomonidan qöl ostidagilarga yuborilgan AQŞ Mudofaa vazirligining ustuvor yönalişlari haqidagi içki sirkulyarga tayanib xabar berdi.
WP tanişib çiqqan maxfiy hujjat milliy mudofaa böyiça vaqtinçalik strategik qöllanmadir. U mart oyi örtalarida Pentagonda tarqatilgan va departamentning yuqori lavozimli amaldorlari uçun ustuvor vazifalar tizimini belgilab beradi. Hujjatda Xegset Xitoyni «idora diqqat markazida bölgan yagona tahdid», «Xitoy hududni AQŞ himoya qilgan holda ham Tayvanni egallab olişini inkor etişni» «yagona muhim ssenariy» deb ataydi.
Pentagonning yirik davlat bilan ehtimoliy uruşga tayyorgarlik köriş uçun kuçlarni rejalaştiriş konsepsiyasi faqat Pekin bilan ziddiyatni hisobga oladi. Hujjatga köra, Moskva tahdidi asosan Yevropa ittifoqçilariga tegişli bölib qoladi. Qöllanmada, şuningdek, Pentagon Yevropa, Yaqin Şarq va Şarqiy Osiyodagi ittifoqçilarni mudofaaga köproq mablağ sarflaş va Rossiya, Şimoliy Koreya va Eron tahdidlarini oldini olişda yetakçi rol öynaşga majbur qilişi aytiladi.












