Jahon | 13:35 / 22.08.2016
6936
1 daqiqa o‘qiladi

"Premer" samolyot-lokatori 2018-yilda ilk parvozini amalga oshiradi

Uzoq masofaga parvoz qiluvchi radiolokatsiyani aniqlash va boshqaruv samolyoti A-100 "Premer" o‘zining ilk sinov parvozini 2018-yilda amalga oshiradi, deb yozmoqda "Izvestiya" nashri Rossiya mudofaa vazirligidagi manbaning so‘zlariga asoslangan holda. 

Gazetaning yozishicha, 2017-yil martida "Premer"ning radiolokatsion qurilmasini Il-76MD-90A (Il-476 nomi bilan ham tanilgan) samolyoti havoga olib chiqadi. 

Ta'kidlanishicha, ushbu ishlardan maqsad, "Premer"ning barcha radioelektron qurilmalarini sinovdan o‘tkazib, keyinchalik uni Il-476 samolyotiga to‘liq joylashtirishdan iboratdir. Agar barchasi, rejadagidek amalga oshsa,  "original" A-100 2018-yili havoga ko‘tariladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid