Ukraina Belgorod yaqinida Il-76 harbiy-transport samolyoti halokatida hayotdan köz yumganlarning jasadlarini qabul qilişga rozi böldi. Bu haqda 3 mart, yakşanba kuni Rossiyadagi inson huquqlari böyiça vakil Tatyana Moskalkova bayonot berdi. Ombudsmanning sözlariga köra, 29 fevral kuni u bu masalani Oliy rada inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets bilan muhokama qilgan va u Kiyevning jasadlarni qabul qilişga tayyorligini tasdiqlagan.

Moskalkova jasadlarni topşiriş qaçon amalga oşirilişi mumkinligini aniqlaştirmadi. Rossiya Federatsiyasi tomonidan jasadlar böyiça barça ekspertiza jarayonlari yakunlandi, deya qöşimça qildi u.

Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi («GUR») vakili Andrey Yusov avvalroq Kiyev ukrainalik harbiy asirlarning jasadlarini qaytariş masalasida Moskvaga bir neça bor murojaat qilganini bildirgan edi. Rossiya tomoni bu murojaatlarga javob bermadi, dedi Yusov.

Il-76 Belgorod viloyatida halokatga uçragan

Il-76 harbiy-transport samolyoti 24 yanvar kuni Belgorod viloyatining Koroçansk tumanida Yablonovo qişloği yaqinidagi dalaga qulab tuşdi. Viloyat gubernatori Vyaçeslav Gladkovning sözlariga köra, bortdagi barça odamlar halok bölgan. Telegram’dagi «Vajnyye istorii» va «ÇTD» kanallari Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib, Il-76 bortida almaşiş uçun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik asir, şuningdek, 6 nafar ekipaj a’zosi va 3 nafar hamrohlik qiluvçi şaxs bölganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vazirligi halokatni «terror hujumi» deb atadi va buning uçun Kiyevni aybladi. 

Ukraina harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştab 26 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan 65 kişidan iborat röyxatda ukrainalik harbiy asirlar borligini tasdiqladi. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov fevral oyi boşida samolyot bortida ukrainalik harbiy asirlar borligini rad etdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmatiga samolyot halokati holatini örganişni, Boş razvedka boşqarmasiga esa asirlar taqdirini aniqlaşni topşirdi. Zelenskiy şuningdek, Kiyev voqea yuzasidan xalqaro tergov ötkazilişini talab qilişini aytdi.