Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh hududlaridan odamlar evakuatsiya qilinmoqda
Turkiya hukumati Suriya bilan chegaradosh bo‘lgan Gaziantep viloyatidagi Karqamish tumanidan odamlarni evakuatsiya qilmoqda, deb ma'lum qildi SNN Turk telekanali.
23 avgustda Suriyaning shimolidagi Jarablus shahridan Karqamish o‘qqa tutilgan. Jarablusda o‘rtamiyona Suriya muxolifati va IShID terrorchilik guruhi o‘rtasida to‘qnashuvlar ketmoqda. Turkiya qurolli kuchlari bunga javoban IShID pozitsiyalarini artilleriya qurolidan o‘qqa tutgan.
Turkiya hududining o‘qqa tutilishi oqibatida hech kim jabrlanmagan. Suriyadan otilgan snaryadlardan biri Karqamish meriyasi binosi yonidagi xiyobonga tushgan.
Politsiya mahalliy aholini chegaraoldi hududini tark etishga chaqirmoqda. Odamlarni evakuatsiya qilish uchun avtobuslardan foydalanilmoqda. Ta'kidlanishicha, evakuatsiya ko‘ngilli tarzda amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026