Iqtisodiyot | 13:43 / 24.08.2016
5834
2 daqiqa o‘qiladi

McDonald's teriga salbiy ta'sir etuvchi o‘n millionlab brasletlarini qaytarib oladi

Amerikaning McDonald's tamaddixonalari tarmog‘i 30 mlndan ortiq rezina brasletlarini savdodan qaytarib olishini e'lon qildi. Ular, Happy Meals taom to‘plami xarid qilinganida bolaga hadya sifatida bepul taqdim etilar edi. 

Xabarlarga ko‘ra, ular terini jarohatlashi va hatto kuydirishi mumkinligi sababli, shunday qarorga kelingan. AQShda shu kabi brasletlardan 29 mln dona hadya qilingan bo‘lsa, Kanadada 3,6 mln dona qo‘l taqinchog‘i tarqatilgan.

"Zudlik bilan farzandingizdagi Step-It Fitness brasletini olib, uni yaqin oradagi McDonald's restoraniga olib keling va o‘yinchoq, yogurt yoki olma qoqilari solingan paketchaga almashtiring", - deb ogohlantirgan kompaniya. 

Ma'lum bo‘lishicha, brasletni taqib yurish oqibati borasida 70dan ortiq arz kelib tushgan. Ularning barchasi Xitoyda besh xil tusda tayyorlangan bo‘lib, bolalarning jismoniy faoliyatini kuzatishga mo‘ljallangan. Chaqirib olinayotgan partiya 9-17 avgust kunlari tayyorlangan.

Kompaniyaga ko‘ra, hozirda ushbu mahsulotlar barcha restoranlardan zudlik bilan qaytarib olinmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid