Xitoy Bishkekdagi elchixonasidagi teraktga munosabat bildirdi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunmin ma'lum qildiki, Xitoydagilar Bishkekdagi elchixonasida 30 avgust kuni tongida sodir etilgan teraktdan "karaxt" ahvolda tushgan.
"Bugun XXRning Qirg‘izistondagi elchixonasi binosiga portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil orqali hujum qilindi. Bu hujum muassasaning 3 nafar xodimi jarohatlanishiga olib keldi. Biz bu zo‘ravonlik hodisasidan karaxt ahvolga tushdik. XXR TIV barcha zarur choralarni ko‘radi, biz Qirg‘iziston tomoni bilan bu masala yuzasidan doimi aloqada bo‘lib turamiz va Bishkekdan Qirg‘izistondagi fuqarolarimiz hamda muassasalarimiz xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralar amalga oshirishini so‘raymiz", deya uning so‘zlarini keltirgan TASS agentligi.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024
Turkiya poytaxtida terakt uyushtirganlarning shaxsi aniqlandi
01:02 / 24.10.2024