Jahon | 21:38 / 30.08.2016
5918
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida prezident saroyi yonidagi portlashda 12 kishi halok bo‘ldi

Somali poytaxti Mogadishodagi prezident saroyi yonidagi portlash oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi.

Shuningdek, 30 kishi yaralangani ma'lum qilingan.

Ta'kidlanishicha, jabrlanganlar orasida ko‘plab jurnalistlar va siyosatchilar bo‘lgan, chunki portlash joyi yaqinidagi mehmonxonada xavfsizlik bo‘yicha anjuman o‘tayotgan bo‘lgan.  

Avvalroq portlash uchun javobgarlikni "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi jangarilari o‘z zimmasiga olgani ma'lum qilingandi.

 

Mavzuga oid